Rang sxemasi

Abduramanov Uzeir


25.04.2017

1916 yil Djal-Melitda tug‘ilgan. Millati Tatar. 1939 yildan Sovet armiyasida xizmat qilgan. Starshina, 1371-alohida minachilar batalyoni 312-muhandislik brigadasi minachi. Novotereshkovich tumanidagi Soj daryosi ustida ko‘prik qurilishida jasorat ko‘rsatgan. “Jasorat uchun” va “Stalingrad mudafasi uchun” medallari bilan taqdirlangan. 1944 yil 15 yanvarda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan serjant Abduramanov Uzeir Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. Urushdan so‘ng u Navoiy shahrida joylashgan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.